Kontent qismiga oʻtish

bazm

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

bazm

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

BAZM Bu tojikcha ot 'oʻyin-kulgi, xushchaqchaklik bilan oʻtkaziladigan ziyofat' maʼnosini anglatadi (ТжРС, 42; OʻTIL, I, 72). Oʻzbek tiliga tojikcha bazmi samshidy izofa birikmasi ham oxiridagi yoyi nisbatni tashlab bazmi jamshid shaklida olingan boʻlib, 'shohona bazm' maʼnosini anglatadi. Bu birikma tarkibidagi Jamshid qismi — Eronning qadimgi afsonaviy juda boy podshosining ismi (OʻKAAQL, 220). 18
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

\f. f j^ — dabdabali ziyofat

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Musiqa va oʻyinlar bilan oʻtkaziladigan ziyofat, toʻy, utirish; oʻyin-kulgi kechasi. ◆ Qiy-chuv bilan oʻtgan nahorlikdan soʻng hovlida yana bazm boshlandi. Oybek, Tanlangan asarlar.◆  Dutor yoniga childirmaning chertmagi kelib qoʻshilgandan keyin, bazm tagʻin ham jonlandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.◆  Tabib, siz karnay-surnay chaldi-ring, nogʻoralar jaranglasin, bazm quramiz. "Yoshlik".

Bazmi jamshid Katta bazm, dabdabali, shohona bazm.◆  \Husayn:\ Oʻhoʻ, bazmi jamshid qizigan ekan-da, kulgilaringiz osmoni falakka koʻtarshshoqda. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.◆  Katta hovlining toʻridagi shiyponda bazmi jamshid avjida edi. O. Yoqubov, Diyonat. Bazm qurmoq Oʻyin-kulgili, koʻngilochar yigʻilish, oʻtirish uyushtirmoq. Qizlar bazmi etn. Nikohtoʻyida qiz faqat oʻz dugonalari ishtirokida oʻtkazadigan oʻyin-kulgi kechasi.◆  Uning [Kumushning] vujudi qizlar bazmi ichida boʻlsa ham, xayoli allaqayoqlarda uchib yurgandek, koʻzlari oʻynaguvchi qizlarda boʻlsa ham, haqiqatda boshqa bir narsani koʻrgandek.. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

2 koʻchma Tabiatdagi jonli va jonsiz narsalarning kishiga zavq beruvchi xatti-harakatlarini ifodalaydi.◆  Chumchuqlar daraxt shoxlarida yozdagi kabi bazm qurishgan. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat.◆  Kechasi oʻrdaklar bazmi boiianadi. S. Ahmad, Ufq. ◆ Gulduros, dahshatli gulduroslar; chaqmoqlar, chaqinlar. Osmonlarda chaqmoqlar bazmi.. U. Qoʻchqorov, Hayajonga koʻmilgan dunyo.◆  Olis-dagi zovurda yolgʻiz baqa ahyon-ahyonda vaqil-lab, sheriklarini bazmga chorlaydi. "Guldas-ta".◆  Xilma-xil yovvoyi gullar tevaragida kapalaklar bazm quradi, asashrilar gʻuvil-laydi. J. Abdullaxonov, Oriyat.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

БАЗМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

bazm

bazm
1
пир, пиршество (с участием певцов, танцоров и музыкантов); ◆ ~i Jamshid(iy) (букв. пир Джамшида) пышный, великолепный пир;
2 пирушка; вечеринка; ◆ ~ qurmoq устраивать пирушку.