Kontent qismiga oʻtish

Joseph Gwilt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Portreti, fil suyagidagi akvarel, Joseph Gwilt (1777-1845)

Joseph Gwilt (1784-yil 11-yanvar – 1863-yil 14-sentyabr) – ingliz meʼmori va yozuvchisi.

Gwilt Surrey okrugi meʼmori boʻlgan. Jorj Gviltning oʻgʻli boʻlib, Southwarkda tugʻilgan[1]. Kichik George Gwilt uning akasi edi.

Gwilt Sankt-Paol maktabida tahsil olgan. 1801-yilda Qirollik akademiyasining talabasi boʻlib, shu yerda oʻsha yilining oʻzida Sankt-Dunstan minorasi va qoʻrgʻonini chizganligi uchun kumush medal bilan mukofatlangan. 1811-yilda Joseph Gwilt "Arches muvozanati toʻgʻrisida risola" nashr etdi va 1815-yilda FSA etib saylandi[1].

1816-yilda Italiyaga qilgan tashrifidan soʻng, u 1818-yilda Notitia architectonica italiana yoki Italiya binolari va arxitektorlarining qisqacha xabarnomalarini nashr etgan. 1825-yilda Gwilt Sir William Chambersning Fuqarolik arxitekturasi boʻyicha risolasini nashir etdi va "Vitruviy arxitekturasi „ (1826), “Arxitektura, amaliy va nazariy asoslar toʻgʻrisida risola" (1826) va qimmatli "Arxitektura entsiklopediyasi „(1842) ni tarjima qilgan[1].

Gwiltning arxitektorlar uchun matematika bilimining ahamiyati haqidagi targʻibotini eʼtirof etib, u 1833-yilda Qirollik Astronomiya Jamiyatining aʼzosi etib saylangan. U filologiya va musiqaga ham qiziqqan. Shuningdek u “Anglo-sakson tilining asoslari" (1829) va metropolitan entsiklopediyasidagi „Musiqa“ asarlarining muallifi edi[1].

Uning arxitektor sifatidagi asosiy ishlari Irlandiyadagi Sligo yaqinidagi Markree qal’asi, Kentdagi Charlton dagi Avliyo Tomas cherkovi (1849–1850)[1] (hozirgi Grinvich Qirollik tumanining bir qismi) va Sent-Tomas minorasi edi(1829)[2].

Gvilt (1813-1830) Leedagi bugungi Avliyo Margaret cherkovining oʻrta asr qiyofasini tiklashga urinib korgan.

Uning portreti Londondagi Milliy portret galereyasining doimiy kolleksiyasining bir qismiga aylangan.

U oʻzining "Arxitektura entsiklopediyasi" asarida bizni tik turgan toshlar arxitekturaning barcha turlaridan oldin boʻlganligi, Druidlar dunyoda madaniyatli odamlarning birinchi irqi boʻlganligi va oʻz vaqtida Irlandiyadan tortib Hindistongacha boʻlgan butun qadimgi dunyoning tili va alifbosi boʻlganligi haqida maʼlumot beradi[3].

  • Arxitektura, tarixiy, nazariy va amaliy entsiklopediya, 1859,OCLC 3620766
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Chisholm 1911.
  2. London 4 : North, Cherry, Bridget., Pevsner, Nikolaus, 1902-1983., New Haven: Yale University Press, 2002 — 484 bet. ISBN 0-300-09653-4. OCLC 719418475. 
  3. „An Encyclopædia of Architecture: Historical, Theoretical, and Practical : Joseph Gwilt : Free Download, Borrow, and Streaming“ (en). Internet Archive. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.