Kontent qismiga oʻtish

Grinch (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grinch
The Grinch

Film posteri
Rejissyor(lar)
  • Scott Mosier
  • Yarrow Cheney
Prodyuser(lar)
  • Chris Meledandri
  • Janet Healy
Ssenariynavis(lar)
  • Michael LeSieur
  • Tommy Swerdlow
Rollarda
Sharhlovchi(lar) Pharrell Williams
Bastakor(lar) Danny Elfman[1]
Muharrir(lar) Chris Cartagena
Studiya(lar)
Distribyutor Universal Pictures[2]
Chiqarilgan sanasi
  • 9-noyabr, 2018-yil(2018-11-09) (AQSh)
Davomiyligi 86 daqiqa[3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $75 million[4]
Daromadi $511,6 million[4]

Grinch (inglizcha: The Grinch) 2018-yilda ekranlarga chiqarilgan komedik janrdagi 3D formatli kompyuter-animatsion filmdir. Illumination Entertainment tomonidan ishlangan va Universal Pictures tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Dr. Seuss'ning 1957-yilda yozilgan How the Grinch Stole Christmas! nomli hikoyasiga asoslangan. Filmda bosh qahramonlarga Benedict Cumberbatch, Rashida Jones, Kenan Thompson, Cameron Seely va Angela Lansbury ovoz bergan.

Film premyerasi 9-noyabr 2018-yilda boʻlib oʻtdi va kinoteatrlarda RealD 3D va IMAX formatlarida qoʻyildi.

Grinch Max laqabli iti bilan birgalikda Mavlud bayramini yoʻq qilish rejasini tuzadi. Whoville shahri aholisi esa shu yilgi Mavludni katta bayram qilishni rejalashtirayotgan boʻladi[5]. Shu bilan birga, Santa Clausni topishni rejalashtirayotgan Cindy Lou oʻzining beva onasiga har bir Mavlud bayramini nishonlashayotgani uchun minnatdorchilik bildiradi, lekin u bu ishi bilan Grinchga qarshi chiqayotganligini bilmas edi[6].

Ovoz berganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekcha dublyaj

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek, tarjimon — Hasanboy Teshaboyev, rejissor va ovoz rejissori — Jamshid Tangliberdiyev, rejissor yordamchisi — Raʼno Suyunova, montaj ustasi — Hamidullo Latipov, texnik xodim — Muhammadali Rashidov hamda muharrir — Baxtiyor Karimberdiyev.

  1. „Danny Elfman to Score Illumination’s ʻHow the Grinch Stole Christmas’“. Film Music Reporter (20-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2017-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Film releases“. Variety Insight. Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
  3. „Dr. Seuss' The Grinch“. Regal Entertainment Group. 7-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2018-yil.
  4. 4,0 4,1 „The Grinch (2018)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 20-aprel 2019-yil.
  5. Kroll, Justin „Benedict Cumberbatch to Voice the Grinch in ʻHow the Grinch Stole Christmas’“. Los Angeles, California: Penske Media Corporation (13-aprel 2016-yil).
  6. Freeman, Molly „Meet Max in The Grinch Teaser Poster; First Trailer Arriving Tomorrow“. Screen Rant (7-mart 2018-yil). Qaraldi: 9-mart 2018-yil.