Kontent qismiga oʻtish

Babbitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Babbitlarqalay, qoʻrgʻoshin, rux yoki aluminiyga surma, mis, kadmiy, mishyak va boshqa metallar qoʻshib tayyorlanadigan qotishmalar. Qalayli qotishmani birinchi marta (1839) tayyorlagan amerika muhandisi I. Babbit (1799-1862) sharafiga shunday atalgan. Ishqalanish koeffitsiyenti kichik, yaʼni ishqalanganda uncha yoyilmaydi. Mashinalarning ishqalanuvchi detallari hamda elektr dvigatellar, turbinalar, kompressorlar, nasoslar, generatorlar va stanoklarning podshipniklarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Detallar yoki podshipniklarning qayerda ishlatilishiga qarab, babbitlarning turli xillari qoʻllanadi. Masalan: yuqori temperaturali sharoitda ishlovchi podshipniklar uchun qoʻrgʻoshinli babbitlar ishlatiladi va hokazo[1].

  1. "Babbitlar" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil