Kontent qismiga oʻtish

Abstraksionizm (oqim)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
8-mart 2013, 15:42 dagi CoderSIBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

ABSTRAKSIONIZM (lot. abstractio - mavhumlik, noma’lumlik, uzoqlashish). 20-a.da avval tasviriy san’atda paydo bo‘lib, keyin adabiyotga o‘z ta’sirini o‘tkazgan oqim. Namoyandalari — Charlz Novard, Styuoriy Devis, Krauford, Ret-ner, Morris, M. Seyfer, P. Mondri-an, Paulo Klee va b. san’at borliqning emas, san’atkor his-tuyg‘ularining in’-ikosi degan g‘oyani ilgari surishgan. Bu oqimdagilar ijodida his, tuyg‘u, xayol borliqdan uzilgan chiziqlar, geometrik shakllarda namoyon bo‘ladi, shakl va maz-mun bir-biriga singib ketadi, ya’ni an’-anaviy tushunchadagi mazmun va shakl o‘z mohiya-tini yo‘qotadi. A.ning ta’siri fransuz she’riyatida ayniqsa sezilarli-dir. A. badiiy adabiyotda "antiroman" va b. ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. A. oqimi namoyandalari "voqelikni inkor etish evaziga ruhiy voqelik" yaratmoqchi bo‘ladilar.50-y.larda A. san’atning "Belgi-lar san’ati", "iyerogliflar", "kalli-grafiya" kabi ichki yo‘nalishlari paydo bo‘ldi. A. san’atga ma’lum bir uslubiy yangilik olib kelgan bo‘lsada, taniqli mutafakkir va san’atkorlarning tanqidiga uchradi. Xususan, A. Kamyu voqelikdan mutlaq uzilgan asarning faqat voqelikka yopishib olgan asar-dan farqi yo‘q deb qaraydi. Kamyuning fikricha, san’at voqelik va san’atkor his-tuyg‘ulari o‘rtasidagi erkin va ta-biiy uyg‘unlashuvdan paydo bo‘ladi. Le-kin A. san’at va uning tasvir usullari haqidagi tasavvo‘rni boyitgani uchun ham klmmatlidir.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil