Kub (qadimgi yunoncha: κύβος - Kubos) (matematikada) — muntazam oltiyoqlik. Kub 6 yoq, 12 qirra, 8 uchga ega. Kub yoqlari kvadratlardan iborat boʻlib, har qaysi uchida oʻzaro perpendikulyar uchtadan qirra birlashadi. Kub simmetriya markazi, 9 tadan simmetriya oʻqi va simmetriya tekisligiga ega. Qirrasi a boʻlsa, Kubning sirti S=6a², hajmi V=a³ga teng; Kubning barcha qirralarining yigʻindisi L=12a boʻladi.>.[1]

Kub

Yana q.

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil